Get Mystery Box with random crypto!

KORONAVIRUS Ko'zi qisiq, soni ko'p Xitoylar tinch yurmadi Int | 👍LIKE BOS❤️ #UydaQoling🏡

KORONAVIRUS

Ko'zi qisiq, soni ko'p
Xitoylar tinch yurmadi
Internetda xabarlar
Tez tarqadi turmadi

Nima emish ajabo?!
Virus chiqdi Xitoydan
Xitoylar yemagan-da
Sumalak-u, shirmoydan

Ular yegan ilonni
Qurt-qumursqa chayonni
Xullas tinch qo'yishmagan
Qimirlagan har jonni

Virus nomi "Korona"
Tojga o'xshab ketarmish
Havodanu yo'taldan
Tez bizga ham yetarmish

74 ta mamlakat
Zir titradi virusdan
Virus chetlab o'tmabdi
Qozoq, Qirg'iz va rusdan

Chegaralar yopildi
Oldi- berdi to'xtadi
Xalq tilida vahima
"Bu vaboga o'xshadi"

Iqtisodchi bu holni
Foyda ko'zlab qildi der
Siyosatchi Xitoyni
Barin boshdan bildi der

Xullas, har kim o'zicha
Talqin qilar tinmasdan
Suhbatlar shu haqida
Mohiyatin bilmasdan

Birov deydi bu virus
Kofirlarga kelibdi
Xitoyliklar Islomni
Darhol qabul qilibdi

Birov deydi sira ham
Xavfli emasmish virus
Issiq choydan ichsangiz
Virus bo'ladi minus

Kimdir deydi bolalar
Virusga chalinmasmish
"Qarilarga qirg'in bu"
Deya qiladi mish-mish

Televizor, radioda
Gazetada shu mavzu
Hatto darslar shu haqda
Jonga tegdi shu mavzu!

Qirq yil qirg'in kelsa ham
Ajal olar jonimiz
Allohga tavakkaldir
But bo'lsin iymonimiz

Shov-shuvlarga qarata
Ayting Alhamdulillah
Bizni qo'llab quvvatlar
Saqlar birgina Alloh!

Shukr qiling kelmadi
Hali hech oxirzamon
Sog'-salomat jonimiz
Tinch - totuv O'zbekiston.


@LIKE_BOS